Andrey Kanchelskis Qirg'izistonda ish boshlashi mumkin

Mirjalol Normatov
2 apr 2023, 12:55
"Navbahor"ning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis murabbiylik faoliyatini qaytishga yaqinligini aytdi.

"Yangi klub bilan muzokaralar o'tkazishim normal holat. Hozir muzokaralar uchun uchib ketyapman. Balki kelasi haftada yangiliklar bo'lib qolar. Ammo bu Yevropada emas", - dedi 54 yoshli mutaxassis.

Ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlarga ko'ra, mutaxassis Qirg'izistonda ish boshlashi kutilmoqda. Ayni damda Qirg'iziston FF o'rtoqlik o'yinlaridagi natijalar sababli Andrey Krestininning o'rniga boshqa mutaxassis qidirmoqda. Kanchelskis yaqin vaqtlarda aynan milliy terma bosh murabbiyi bo'lishi ham mumkin. Shuningdek, manbaga ko'ra, "Abdish Ota" jamoasi ham rossiyalik murabbiyga aloqaga chiqqan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sport-express.ru