

“Biz Lyayich borasidagi masalani hal qilishga urinib ko'ramiz. Bu muammo yaqin kunlarda echiladi deb umid qilaman.
Uning “Milan”ga o'tish imkoniyatlari necha foiz? To'g'risini aytsam bu haqda hech narsa deya olmayman. Adem “Fiorentina”ni tark etishi aniq bo'lib turibdi. Biroq biz Rikkardo Montolivo bilan sodir bo'lgan vaziyatni takrorlamaymiz”, - deya ta'kidladi Della Valle.
Eslatib o'tamiz, Montolivo shartnomasi tugashi bilan “Fiorentina”dan “Milan”ga bepul o'tgan edi. Lyayichning “Fiorentina” bilan tuzgan shartnomasi esa yana bir yil amal qiladi.



