Andre Villash-Boash Xitoy chempionatidagi legionerlarga bo'lgan cheklovni tanqid qildi

Aslanov Jasurbek
18 yanv 2017, 10:45
"Shanxay SIPG" bosh murabbiyi Andre Villash-Boash Xitoy chempionatining yangi mavsumida legionerlarga nisbatan o'rnatilgan cheklovni tanqid qildi.

"Bu qarorni mavsum oxirida qabul qilish kerak edi, chunki bunday katta o'zgarish chempionat boshlanishiga bir oy qolganda amalga oshirilmaydi. Biz eski qoidalar bo'yicha tarkib tuzdik, hozir esa hammasi o'zgardi. Biz g'aflatda qoldik. Xitoy futbol assotsiatsiyasi mahalliy yosh futbolchilarni o'sishi uchun bu qarorni qabul qilganini tushunaman, ammo bu ularning narxi sun'iy oshirilishiga olib keladi. Yosh futbolchilar katta bosim ostida qolishadi. Bu ular uchun foyda deb o'ylamayman" - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, 2017 yildan boshlab Xitoy klublari milliy chempionat o'yinlarida birdaniga faqat uch nafar legionerni maydonga tushirishi mumkin. Andre Villash-Boash qo'l ostidagi jamoada 5 nafar legioner bor. Bular Odil Ahmedov, Xalk, Oskar, Elkeson va Rikardo Karvalo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: South China Morning Post