Andre Villash-Boash Fransiya jamoasini boshqarishi mumkin

Alisher
24 may 2019, 17:19
"Shanxay SIPG" sobiq bosh murabbiyi Andre Villash-Boash "Marsel"ni boshqarishga tayyor. Mavsum so'nggida "Marsel"ning hozirgi bosh murabbiyi Rudi Garsiya jamoadan kyetishi kutilmoqda.

- Meni "Marsel"dagi ish qiziqtirmoqda. Ular faqat Rudi Garsiya bo'yicha qaror qabul qilishdi. Klub mening tanishim bo'lgan Antonio Subisarreta qo'l ostida va o'ylaymanki jamoa ishonchli qo'llarda. Agar ular xohlasalar, biz muzokara uchun uchrashishimiz mumkin, - deydi Villash-Boash.


AlisherMuallif
Manba: L’Equipe