Andre Silva Zlatanning rekordini takrorladi

Mirjalol Normatov
30 sen 2018
"Sevilya" forvardi Andre Silva Primeroning 7-turi doirasida "Eybar" darvozasini ishg'ol qildi.

22 yoshli portugaliyalik LaLiganing barcha uchrashuvlarida qatnashdi va unda 7 gol kiritishga muvaffaq bo'ldi. Shu orqali u Zlatan Ibragimovichning rekordini takrorladi, deb xabar beradi OPTA.

Shvetsiyalik hujumchi ham o'z vaqtida huddi shunday natijani qayd etgan va bu shu kunga qadar takrorlanmagan edi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA