“Andijon”: Bahrom Abdurahimov sentyabr oyining eng yaxshi o'yinchisi

Narzulla Saydullayev
5 okt 2013
“Andijon” klubi rasmiy sayti orqali muxlislarning ovoz berish yo'li bilan oy laureatlarini aniqlab bormoqda.
Nihoyasiga etgan sentyabr oyida yarim himoyachi Bahrom Abdurahimov eng yaxshi o'yinchi deb topildi. So'rov natijalari bo'yicha bu futbolchi 1173 ball to'pladi. Ikkinchi o'rinni 248 ball bilan Alisher To'xtasinov egalladi. Rasul Rahmonov esa so'rovda 3-o'rindan joy oldi - 242. Sentyabr oyida Abdurahimov o'tkazilgan 6ta uchrashuvning barchasida maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki bor ishg'ol etdi. Umuman olganda Abdurahimov jamoamizning yetakchisi sanaladi va bundan avvalgi oylarda ham u eng yaxshi o'yinchi bo'lgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: andijon-pfc.uz