

Xitoy Taypeyning "Tainan Siti" jamoasi o'z safiga o'zbekistionlik himoyachi Ahrorbek O'ktamovni qo'shib oldi. 1996 yilda tug'ilgan futbolchi bunga qadar yurtimizda "Andijon", "UzDonJu", "Sho'rtan" "Istiqlol", "Rubin" va Tojikistonning "Istaravshan" klublarida to'p tepgandi.
"Tainan Siti" jamoasida O'ktamovdan tashqari rossiyalik Alim Zumakulov, gvineyalik Ismael Traore, koreyalik Sim Von Sub, ivuarlik Ange Samuel, braziliyalik Luan Anderson kabi legionerlar harakat qiladi.



