

Bo'lajak uchrashuvga andijonliklar har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rishga harakat qilmoqda. Futbolchilardagi ishtiyoqni oshirish, ulardagi ruhiyatni yanada ko'tarish maqsadida kuni-kecha Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov jamoa a'zolari bilan uchrashdi.
Jamoa bosh homiysi Shirin Gaz Servis korxona raisi Muqaddas Rahimova boshchiligidagi Andijon-SGS futbol klubini viloyat hokimi juda iliq qarshi oldi. Uchrashuvda Shuhratbek Abdurahmonov Andijon-SGS jamoasini har biri o'yini natijasidan xabardor bo'lib borayotganini, ayniqsa O'zbekiston Kubogi saralash bahslarida uchta bahsda uchta g'alaba qilingani kishini xursand qilib yuborganini alohida ta'kidlab o'tdi.
Andijon viloyati hokimi futbolchilar bilan suhbatlashish chog'ida ulardan kelajakda umidi katta ekanligini, sharoitlar borasida muammo bo'lmasligini aytib o'tdi. Shuhratbek Abdurahmonovning Andijon-SGSga qaratayotgan bunday e'tibori, o'z navbatida rasmiy uchrashuvlar oldidan jamoaning har bir a'zosiga qo'shimcha kuch bag'ishladi.







Andijon-SGS matbuot xizmati



