

1989 yili Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida tavallud topgan futbolchi endilikda "burgutlar" sharafini himoya qiladi.
Yodingizda bo'lsa, ushbu yarim himoyachi 2014 yili qishda "Neftchi" ko'rigida bo'lib qaytgandi. O'sha paytda Tog'aev Farg'ona viloyati hokim kubogi turnirida bitta uchrashuvda ishtirok etgandi ham.
Ma'lumot uchun, Elman Tog'aev bungacha "Ashxaobod", Azal" (Ozarbayjon), "Oltin osir" kabi jamoalarida o'ynagan.
Bo'yi 170 sm bo'lib, qanot yarim himoyasida xarakat qiladi. Turkmaniston milliy terma jamoasiga nomzod sanaladi.



