Ander Erreraning maoshi deyarli 4 baravarga oshadi

Aslanov Jasurbek
15 may 2019
Joriy mavsum oxirida "Manchester Yunayted"ni erkin agent sifatida tark etishi kutilayotgan yarim himoyachi Ander Erreraning PSJdan olgan taklifi shartlari ma'lum bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Fransiya klubi 29 yoshli futbolchiga haftalik maoshi 300 ming funt bo'lgan bitim taklif qildi.

Ispaniyalikning MYUdagi hozirgi haftalik maoshi 80 ming evro.

Errera 2014 yil "Atletik"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. Mankunianlar ispaniyalik uchun 36 mln. evro to'lagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror