Anchelotti: “Uyga navbatdagi sovrin bilan qaytmoqchimiz”

Eldor Akmurzayev
11 yanv 2023
“Real” ustozi Karlo Anchelotti Ispaniya Superkubogi doirasida bugun tun (23:59)da o'tadigan “Valensiya”ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Klubimiz uchun sovrinlar muhim. Ushbu musobaqadagi o'tgan yilgi muvaffaqiyat bizga ishonch, kurashishga ishtiyoq uyg'otdi. Bu safar ham xuddi shunday bo'ladi degan umiddaman. Uyga yana bir titul bilan qaytishimiz uchun “Valensiya”ga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz va yorqin o'yin namoyish etishimiz lozim.

Mavsumning ushbu qismida eng yaxshi formada bo'lmasligimiz kutilgandi. Ammo mashg'ulotlardan olgan signallarim ijobiy. ” Vilyarreal”ga qarshi bahs men hayron qoldirdi, boshqa jamoa kuzatdim. Barchasini to'g'ri qilishimiz kerak, xususan, himoyalanishimiz zarur, chunki bu borada ishlar joyida emas. Mehnat qilishimiz lozim. Biroq, bu jamoa qanday qilib yuqori saviyada himoyalanishni “Vilyarreal” bilan o'yindagidan ko'ra yaxshiroq biladi”, deydi Anchelotti.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: realmadrid.com