Anchelotti: "Real TV"ning fikr bildirishga haqqi bor"

Aslanov Jasurbek
11 yanv 2025, 17:08
Karlo Anchelotti "Real" klubining televideniyasini himoya qildi.

Eslatib o'tamiz, klub televideniyasida tez-tez ispan futboli hakamlik tashkilotlari va referilari tanqid qilinadi. U yerda "Barselona" hamda "Real" o'rtasida o'tkaziladigan Ispaniya Superkubogi finalida ishlaydigan Xesus Xil Mansano manziliga ham keskin fikrlar yangragan.

"Xil Mansano - tajribali hakam, u ko'p o'yinlarni boshqargan.

"Real" klub televideniyasida sizniki kabi o'z fikrini bildirish huquqi bor" - dedi Anchelotti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca