Anchelotti: “Everton”ni yuqori cho'qqiga olib chiqish uchun bor salohiyatimni ishga solaman”

Eldor Akmurzayev
16 dek 2020
“Everton” ustozi Karlo Anchelotti klub akciyadori Farhod Moshiriga jamoani APL yetakchilari qatoriga qo'shishga vada berganini aytdi.

“Xarajatlar haqidagi hisobotlarni ko'rdim va prezident haqiqatan ham klubga bog'langani hamda uni rivojlantirish uchun e'tiborini qaratganini tushundim. U ishongani uchun men bilan shartnoma imzolagan. Klubni yuqori cho'qqiga ko'tarish uchun bor salohiyatimni ishga solaman. Bu maqsadim va unga buni vada qilganman. Joriy mavsum “Liverpul”, “Tottenxem” va “Chelsi”ga qarshi yaxshi o'ynadik, bu esa yetakchilar qatorida bo'lishdan u qadar uzoq emasligimiz, ammo hali o'sha darajaga erishmaganimizdan darakdir. Mehnat qilishda davom etishimiz lozim”, deydi Karlo.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal