Anchelotti: "Bu g'alaba chempionlik kurashida qolish uchun ham muhim edi"

Mirjalol Normatov
19 fev 2023
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti LaLiga doirasida "Osasuna" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Ikkinchi bo'limda qilgan ishlarimizni birinchi bo'limda ham boshlab yuborsak bo'lardi. Biroq menga jamoamning bir yoqadan bosh chiqarib o'z vazifasini sidqidildan bajargani juda yoqdi.

Maqsadli futbol namoyish qilganimiz ko'rindi. Bu g'alaba chempionlik kurashida qolishimiz uchun ham kerak edi. Biz stadionni xursand bo'lib tark etdik", - dedi Anchelotti.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca