Anchelotti Bellingemning jarohati haqida ma'lumot berdi

Mirjalol Normatov
8 dek 2023
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Jud Bellingemning jarohati haqida gapirdi.

"Jud elkasi yaxshi bo'lishi uchun eng avvalo o'zi qayg'urishi kerak. O'yin borasida unda hech qanday muammo yo'q, u kundan-kunga kuchli bo'lib bormoqda.

Ayni paytga kelib uni operaciya qilish shart emas, biroq uning elkasida jarohati salobatli. Kelajakda ushbu jarohatning qaytarilishi ehtimoli bo'lsa, balki, operaciya qilinishi mumkin", - dedi mutaxassis.

Jud ushbu mavsum LaLigada 13 o'yinda qatnashib, 11 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo