Ana xolos! "Inter"ning homiysi "Napoli"ga qarshi o'yinni Milan soborida Messining surati bilan reklama qildi

Alisher
29 iyul 2020, 14:58
"Inter" xo'jayini Stiven Changa tegishli Xitoy televizion guruhi Suning A Seriya 37-turi doirasidagi "Napoli" (2:0)ga qarshi o'yinni noodatiy obrazda reklama qildi.

O'yin Milan sobori orqali reklama qilindi va unda "Barselona" forvardi Lionel Messi aksi turardi.

Bir oz o'tib esa rasmiy Suning mediasi suratni olib tashladi.

Eslatib o'tamiz, "Inter" 2021 yilda Messi bilan shartnoma imzolashga harakat qilishi xabar qilingan edi.

Bundan tashqari, "Inter" sobiq rahbari Marotta Messining otasi klub shtab-kvartirasi yonidan uy sotib olganini va orzular ro'yobga chiqishini aytgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/CorSport