Amet Memet faoliyatini yana O'zbekistonda davom ettirishga yaqin

Narzulla Saydullayev
11 dek 2018
Ukrainalik Amet Memetni muxlislar yaxshi bilishadi.

Ushbu mutaxassis ilgari yurtimizda, Navbahor, Mashal, Bunyodkor, Andijon hamda Neftchi kabi jamoalarda bosh murabbiy va murabbiy sifatida ishlagan.

2014 yildan buyon Amet Abdullaevich yurtimizda ko'rinish bergani yo'q. Olingan ma'lumotlarga qaraganda, Memet yana O'zbekistonga qaytadigan ko'rinadi. Chunki u Superliga klubidan taklif olgan. Aynan qaysi jamoadan ekanligi hozircha oshkor etilmayapti.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia