Amerikalik milliarder Fransiya klubini sotib olishga yaqin. U “Kristal Pelas” va “Botafogo”ning akciyadori hisoblanadi

Eldor Akmurzayev
21 iyun 2022
Amerikalik tadbirkor Jon Tekstor “Lion” xo'jayiniga aylanishi kutilmoqda.

Fransiya klubi o'z rasmiy saytida akciyalarning nazorat paketini “Eagle Football Holdings”ga sotish bo'yicha muzokaralar boshlanganini e'lon qildi. Xolding akciyalarning 66,56 foizini sotib olishni rejalashtirmoqda, kelajakda esa bu ulush 88,55 foizga oshishi mumkin.

“Sherlar” yakunlangan mavsum Fransiya chempionatini 8-o'rinda tugatdi.

Ma'lumot o'rnida, Tekstor “Kristal Pelas”ning 40, “Botafogo” (Braziliya)ning 90 va “Molenbek” (Belgiya)ning 80 foiz akciyasiga egalik qiladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ol.fr