Amerikalik jurnalist Messiga maslahat berdi

Оқил Абдубарноев
10 iyun 2023
Yangi mavsumda Lionel Messi MLSda o'ynaydi.

Kuni kecha argentinalik hujumchining "Inter Mayami"ga o'tgani e'lon qilindi.

Amerikaning Fox telekanali jurnalisti Brayan Kilmid Messining transferi haqida gapirdi va hatto argentinalikka maslahat berdi. Jurnalist futbolchining ingliz tilini o'rganishini istayotganini aytdi.

"Meni xavotirga solayotgan yagona narsa - Messining ingliz tilini bilmasligi. Uning ingliz tilida gapirishini xohlayman. Devid Bekxem akcent bilan bo'lsa-da, biz uchun 32 yoshida o'rgangan", - deya hazillashdi Kilmid.

Eslatib o'tamiz, Lionel Messi so'nggi ikki mavsumni PSJda o'tkazgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Goal