Alvesh Neymar borasida tvittyerda chiqish qildi

28 iyul 2017, 10:05
PSJ himoyachisiga aylangan "Barselona"ning sobiq futbolchisi Dani Alvesh Neymarning PSJga o'tishi haqida gap-so'zlarga o'z munosabatini bildirdi.

"Men Neymarni PSJga o'tishga ko'ndirayotganim yoki urinayotganim haqidagi gap-so'zlar uydirma. Men hech kimni nimagadir ko'ndirishga urinishimga hojat yo'q. Biz Neymar bilan futboldan boshqa barcha istalgan mavzuda gaplashamiz. Ammo futbol haqida emas", - deb yozadi Dani Alvesh.

Manba: championat.asia