Alli: "Angliya terma jamoasi JCH-2018ga g'alaba qozonish uchun bormoqda"

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2018, 14:42
"Tottenxem" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Dele Alli JCH-2018dagi maqsadi haqida fikr bildirdi.

"Biz jahon chempionatiga unda g'olib bo'lish uchun ketyapmiz. Bu bizning maqsadimiz va xatto ikkinchi o'rin ham bizni xafa qiladi. Bizga shunday maqsad kerak, chunki biz turnirda shunchaki ishtirok etmoqchimiz. Futbolchilar bu tarkibning imkoniyati va iqtidorlari haqida yaxshi bilishadi. Agar har birimiz bor kuchimizni ko'rsata olsak, muvaffaqiyatga erisha olamiz.

Garet Sautgeyt futbolchilarni to'g'ri tanladi" - deydi Alli.

Angliya terma jamoasi JCH-2018 guruh bosqichida Belgiya, Tunis va Panama bilan o'ynaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports