Allan mashg'ulotlarga qaytish uchun Gattuzodan uzr so'radi

18 fev 2020, 23:30
"Napoli" yarim himoyachisi Allan jamoaviy mashg'ulotlarga qaytdi.

Neapolliklar bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo braziliyalik futbolchining mashg'ulotlardagi harakatlaridan qoniqmagani tufayli uni jamoadan chetlatgandi.

28 yoshli xavbek bugun Gattuzodan uzr so'radi, o'rtadagi nizo hal qilindi va Allan mashg'ulotlarga qaytdi. Futbolchi A Seriyaning 25-turi doirasidagi "Breshiya"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.


Manba: Football Italia