Breaking news: Alisher Usmonov "Everton"ning yangi stadionini nomlash huquqini sotib oldi

Taniqli milliarder Alisher Usmonovga qarashli "USM Xolding" qurilishi rejalashtirilayotgan Mersisaydning "Everton" klubiga tegishli yangi stadionni nomlash huquqini sotib oldi.

Klub bosh direktori Deniz Barrett-Baksendeyl kelishuv 30 mln funt sterlingni tashkil qilganini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, Usmonov 2018 yilning avgustida "Arsenal" (London) klubining o'ziga tegishli bo'lgan akciyalar paketini(30%)  550 million funt evaziga sotib yuborgandi.


Manba: "Эвертон" клуби расмий сайти