Alisher Nikimbaev: "O'FF XXI boshida oliy liga o'yinlarini translyatsiyasi orqali yiliga 100 ming dollar ishlab topardi"

Narzulla Saydullayev
25 may 2020, 18:04
O'zbekistonlik tajribali futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev bir necha yil oldin sodir bo'lgan voqeani yodga oldi.

"Bugungi kunning qahramonlaridan biri Alisher Xodjaev bilan hayotimda ilk bor suhbatlashish imkoniga ega bo'lgandim. Bu voqea o'n to'rt yil oldin yuz bergandi.

2000 yilda futbol federatsiyasiga yangi rahbariyat kelganida, asosiy vazifalardan biri futbolda mahsulotlarning reklamasidan pul topish edi. Natijada Farhod A'zamxo'jaev rahbarligida yosh va shijoatli mutaxassislarni jalb qilgan holda marketing bo'limini tashkil qildik. Birinchi maqsadimiz esa O'zbekiston chempionatining translyatsiya huquqini sotish edi. Biroq, bu istagimizga O'zTV rahbarlaridan biri qarshilik ko'rsatdi. U bizga shunday dedi:

- Translyatsiya huquqini bepul berishni xohlamasangiz kerak emas. Biz shunchaki translyatsiya qilmaymiz. Agar, bizdan vazirlar mahkamasi so'rab qolsa hamma aybni sizlarga yuklayman.

Biz o'z navbatida ularga boshqa variantni taklif qildik. O'zTV bizga reklama uchun vaqt beradi, O'FFning marketing bo'limi uni bizga sotadi. Buning evaziga ular translyatsiya huquqini oladi. Ushbu sxema 2005 yilga qadar ishladi. O'sha paytda O'FF yiliga 125 million so'm, o'sha paytdagi kursda 100 ming dollarga teng summa, olardi.

Ammo, 2006 yilda hammasi o'zgardi. MTRK rahbarlari ham almashib ketgandi, endi telekompaniya barcha reklamalarni o'zi sotadigan bo'ldi. O'FF buning evaziga 60 million so'mlik shartnoma imzolashni taklif qildi. Yani bizga reklama sotish orqali federatsiya tomonidan qo'lga kiritilgan pulning yarimini to'laydigan bo'ldi. Mirabror Usmonov o'zi uchun yangi munosabatlar tamoyilini muhimroq deb hisoblagan holda bu mablag'ga rozi bo'ldi.

Men bu paytga kelib federatsiyada musobaqalarni o'tkazish bo'limida ishlamayotgan bo'lsam ham (PFL tashkil etish haqida hech qanday gap so'z ham yo'q edi), shartnoma tayyorlash va muzokaralarda ishtirok etish va shartnoma imzolanishida ishtirok etishimga to'g'ri kelgandi. O'shanda janob Xodjaev bilan uchrashgan edik.

Biroq o'rtamizda tuzilgan yangi shartnomaning umri qisqa edi. O'FF bundan tiyin ham olmadi. Ular MTRK byudjet tashkiloti ekanligi, translyatsiya huquqi uchun xarajatlar bo'limi yo'qligini takidlashdi. Byudjetga faqat Oliy Majlis orqali o'zgartirish kiritish mumkin edi. Mirabror Zufarovich buni istamadi va boshqa moliyaviy manbalarni qidirishga erishdi.

Tushunishim bo'yicha o'shandan buyon O'zbekiston chempionatini translyatsiya qilish huquqi O'FF yoki PFL ga hech qanday daromad olib kelmadi. Aksincha, klublar va PFLning aytishicha translyatsiya uchun Sport telekanaliga pul to'lamoqda.

MTRK sobiq xodimlaridan birining so'zlariga ko'ra, homiylar va hamkorlarning hech biri O'zbekiston chempionatini translyatsiya qilishdan manfaatdor emas. Etirozga va o'n besh yil oldingi voqeaga o'sha odam shunday dedi: “O'shanda O'FF reklamalarni pasaytirilgan narxlarda sotgan va bu MTRKga zarar keltirgan edi”. Bilaman, demping biznesdagi keraksiz narsa hisoblanadi. Biroq MTRK buning evaziga translyatsiya huquqini qo'lga kiritar ediku. Reklamaning past narxiga keladigan bo'lsak, bu ham biznesning qoidalaridan biri edi. Agar siz mahsulotni X narxga sota olmasangiz nima uchun chegirma qilmaslik kerak?

Fakt faktligicha qoladi. 2006 yilda O'FF va MTRK o'rtasidagi do'stlik aloqalarini o'rnatish imkoniyati boy berilgandi. Ammo imkoniyat oxirgacha qo'ldan boy berilgani yo'q. U yuzada yotibdi va o'z vaqtini kutmoqda xolos", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z sahifasida


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia