

- O'ylashimcha, o'yin jangovar ruhda o'tdi. Ikkala jamoa ham g'alaba uchun harakat kildi. O'z futbolchilarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular g'alaba uchun harakter namoyish etishdi. Shuningdek, o'yin davomida bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga ham rahmat.
- Raqib jamoa safida chetlashtish amalga oshirildi. Bu ham natijaga ijobiy ta’sir ko'rsatdimi?
- Chetlatish katta ta’sir ko'rsatdi demagan bo'lardim. Umuman olganda, raqib jamoa yaxshi futbolchilar shakllantirilgan. “Andijon II”ning kelgusi o'yinlariga omad tilayman.
- Jamoangiz safida asosan yoshlar to'p tepmoqda. Ular chempionat o'yinlari orqali o'sishga erishmoqdami?
- Ha, albatta. O'yindan-o'yinga shogirdlarim o'zlari uchun katta tajriba to'plab borishmoqda.



