Alfredo di Stefano suniy koma holatida bo'lib turibdi

Narzulla Saydullayev
6 iyul 2014
“Real” afsonasi Alfredo Di Stefano yurak huruji tufayli shanba oqshomida Madrid shahridagi gospitallarning biriga yotqizilgandi.
Ma'lumotlarga ko'ra, ayni paytda 88 yashar “Real” faxriy prezidenti suniy koma holatida bo'lib turibdi.

“Qirollik klubi”ning hozirgi prezidenti Florentino Peres gospitalda bo'lib, Di Stefanoning holida xabar oldi.

“Biz klubimiz afsonasining tezroq oyoqqa turib ketishini istaymiz. “Real” oilasi nomidan unga sog'liq tilayman”, – dedi Peres.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com