Alen Xalilovich: "Gattuzo borini berib ishlaydi. Shunday murabbiy qo'l ostida ishlashdan xursandman"

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2018
"Milan" yangi futbolchisi Alen Xalilovich mavsumoldi tayyorgarliklar haqida gapirib berdi.

"Hozir Amerikada ekanligimizdan xursandman. Havo juda issiq bo'lishiga qaramay, tinimsiz ishlayapmiz.

Gattuzo baxtli. U bizni qo'llab-quvvatlamoqda, ishga borini beryapti. Gattuzo qo'l ostida shug'ullanayotganimdan xursandman.

Navbatdagi bahs biz uchun eng muhimi. Tayyorgarlik ko'rish uchun vaqt etarli" - deydi Xalilovich.

"Milan" 1 avgust kuni International Champions Cup-2018 turniri doirasida "Tottenxem"ga qarshi uchrashuv o'tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 05:30da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia