Alen Mashovich: "Nasaf" muxlislarini gol va assistlar bilan xursand qilaman"

Alisher
29 iyul 2022
Qarshining "Nasaf" klubi serbiyalik futbolchi Alen Mashovichni o'z safiga qo'shib olmoqda.

Biz o'yinchidan jamoaga kelishi haqida suhbatlashdik.


- "Nasaf"ga qay tarzda kelib qoldingiz?

- Hammasi tezlik bilan ro'y berdi, "Nasaf"dan taklif oldim va bunday katta jamoaga kelishga rozi bo'ldim. Bundan xursandman.

- Siz bungacha Sharqiy Osiyoda ham faoliyat olib borgansiz. Yaponiya haqida fikrlaringiz?

- Albatta, bu davlatdan juda yaxshi taassurotlar qolgan. Go'zal mamlakat va yaxshi futbolga ega. Bazida mening taqdirim huddi Osiyoga yozilgandek his qilaman.

- O'zbekistondagi legionerlarning ko'p qismi serblar. Ularning orasida do'stlaringiz bormi?

- Ha, buni bilaman. Bu erda o'ynaydigan do'stlarim talaygina.

- "Nasaf"ga kelishingizdan oldin klub haqida nimalarni bilardingiz?

- Klub haqida etarlicha ma'lumotlarga ega edim, chunki OCHLni ko'rib boraman.

- "Nasaf" jamoasi muxlislariga nimani vada bera olasiz?

- O'yinlarda borimni beraman va "Nasaf" muxlislarini gol va assistlar bilan xursand qilaman.


Eshitdik-da! "Nasaf"ga yangi legioner kelyapti


AlisherMuallif
Manba: championat.asia