Aleksandr Xomyakov: "O'yin 6 ochko uchun kechdi desak ham bo'ladi"

Sherzod Nurmatov
25 iyun 2021
Superliganing 11-turidan o'rin olgan "Turon" – "Mashal" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'z fikrlarini bildirdi.





- O'yin haqida

- Kurashlarga va xavfli vaziyatlarga boy o'yin ko'rdik. Bugun qiyin bo'lishini kutgandik. O'ylashimcha, gol urilmaganiga qaramasdan, jangovar durang bo'ldi. Har ikki jamoa g'alaba uchun harakat qildi. Yomon o'yin bo'lmadi. O'yin 6 ochko uchun kechdi desak ham bo'ladi, chunki jamoalar turnir jadvalining so'nggi pog'onalarida bormoqda va har bir ochko muhim. Yigitlarga harakatlari uchun rahmat aytaman.

- Qizil kartochka ko'rsatilgan holat haqida nima deya olasiz?

- Rostini aytsam, o'sha vaziyatni to'liq ko'ra olmadim. Hozircha bu borada hech narsa deya olmayman.

-  Durang qoniqtirdimi?

- Avvalo, yutish uchun harakat qilganimizni aytishim kerak. Himoyaga e'tibor qaratib, yaxshi o'ynadik va gol o'tkazmadik. Umuman olganda, himoyadan qoniqdim. Hujumdagi ishlarimiz esa yurishmadi. 

- Tajribali futbolchi Shahzod Shaymanov zaxirada qolib ketyapti. Buning sababi nimada? Unda jarohat bormi yoki o'yinida pasayish kuzatilganmi?

- Shaymanovda kichik jarohat bor edi. U hozircha zaxiradan tusha olardi. Lekin uni asosiyda tushirish g'oyasi bor edi, mening qarorimga ko'ra shunday qilindi. Alohida aytishim kerak, har bir futbolchi o'yinda qatnashishi va jamoaga yordam berishi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia