Aleksandr Shadrin "Neftchi"ga o'tishi mumkin

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2013
Toshkentning "Lokomotiv" klubi hujumchisi Aleksandr Shadrin ikkinchi davrani Farg'onada o'tkazishi mumkin.
Hali tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra hujumchini "Neftchi" o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Temiryo'lchilar" safidagi hujumchilarning jiddiy raqobati tufayli Shadrin bu yilgi mavsumda oliy ligada atiga 1ta o'yinda maydonga tushdi. 5-turdan o'rin olgan "Metallurg"ga qarshi o'yinda maydonga tushgan Shadrin 1-daqiqada gol urgandi.

Shadrin bungacha "Mashal" va "Navbahor" klublarida ham faoliyat olib borgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia