Aleksandr Krestinin: "Ikkala jamoa ham bittadan gol urdi, lekin OKMK g'alaba qozondi"

Alisher
27 sen 2024
Superliga 20-turi doirasida OKMK maydonidagi mag'lubiyatdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin yuqori tempda va juda yaxshi tarzda o'tdi. Kurashlar ko'p bo'ldi, jamoalar sifatli o'ynashdi. Ikkala jamoada ham vaziyatlar ko'p bo'lmadi, chunki tomonlar himoyada ishonchli o'ynashdi. Ikkala jamoa ham bittadan gol urdi, lekin OKMK g'alaba qozondi. Nimaga bunday bo'lganini bilmayman.

- Hakamlikdan norozimisiz?

- Hakamlikni muhokama qilmayman. Ularga etirozim yo'q.




AlisherMuallif
Manba: championat.asia