Aleksandr Ejov: "Sho'rtan" bilan o'yinda muxlislarimiz uchun g'alaba qozonishga harakat qilamiz"

Narzulla Saydullayev
26 apr 2021
O'zbekiston Coca-Cola kubogi guruh bosqichining 2-turidan olgan "Neftchi" - "Xorazm" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.





O'yin haqida

- O'yin haqida nima deyish mumkin, "Neftchi" jamoasi bilan chempionat doirasidagi uchrashuvda 1:5 hisobida mag'lub bo'lgandik. Shundan kelib chiqib bugun boshqacha o'yin namoyish etmoqchi edik. Afsuski 3 ta to'p o'tkazib yubordik. "Neftchi" o'z oldiga Pro-ligada chempion bo'lishni maqsad qilgan jamoa. Umumiy xolatda yomon o'yin namoyish etmadik, kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Ishlashda davom etamiz.

- Tarkibga "Istiqlol" jamoasining 2 nafar futbolchisi qo'shib olindi. Shu haqida ham izox bersangiz.


- Ha biz "Istiqlol"dan Sardor Sotvoldiev va Abduxoliq Qurbonovni tarkibga jalb etganmiz. Ular mahoratli va o'yinlarda aniq harakat qiladigan futbolchilar hisoblanadi. Kubok o'yinlarida ishlarimiz yurishdi deya olmayman, e'tiborni chempionat o'yinlariga harakat qilamiz.

- So'ngi turda "Sho'rtan" bilan o'ynaysizlar. Bu jamoani mag'lub etib eng yaxshi 3-o'rin sohibi sifatida keyingi bosqichga yo'l olish maqsadi bormi?


- "Sho'rtan" bilan o'yinda muxlislarimiz uchun g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarimiz pasayib ketdi, shunday bo'lsa ham so'ngi turda bizni faqat g'alaba qoniqtiradi.

- Mahoratli hujumchi Ro'zimboy Ahmedov nega bugun maydonga tushirilmadi?


- Bu o'yinda uning yo'qligi bilindi. U o'tgan o'yinlarda qizil kartochka olgandi. Yosh hujumchimizga qiyin bo'ldi. Biz murabbiylar shtabi bilan Ro'zimboyni qo'llab-quvvatlaymiz. Uning "Sho'rtan" bilan o'yinga qadar formasini tiklab olishiga umid qilamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia