Aleksandr Ejov: "Shogirdlarim qizil kartochka olgan G'ayrat O'daev uchun ham o'ynashdi"

Narzulla Saydullayev
11 apr 2021, 20:05
Pro liganing 4-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Dinamo" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov o'z fikrlarini bildirdi.

"Juda og'ir o'yin bo'ldi. "Dinamo" yaxshi jamoa ekanini bilardik. Yaxshi tayyorlangandik. Afsuski futbolda bugungidek qizil kartochka olinganidek kutilmagan holatlar bo'lib turadi. O'z futbolchilarimni tabriklayman, o'zlari va chetlatilgan G'ayrat O'daev uchun o'ynashdi. G'ayrat O'daevni qo'llab-quvvatlaymiz, u baribir tajribali o'yinchimiz bo'lib qolaveradi. Muxlislarimiz ham o'yin oxirigacha bizni ajoyib qo'llab turishdi.

- Ro'zimboy Ahmedov gollar urayotganidan xursandman. U hatto hozir Superligada ham o'ynashga loyiq. Buni isbotlab kelmoqda. Ro'zimboy Ahmedov har bir o'yinda gol urishini istayman. Lekin hali optimal formada emas. O'z gollari bilan Xorazm ahlini xursand qilmoqda.

- "Dinamo" safida o'ynagan sobiq futbolchimiz Timur Ismoilov haqida nima deya olaman? Yaxshi futbolchi, kelajagi bor. Uni qo'yib yubormoqchi emasdik, ammo futbolchining hayoti shunday. Unga omad tilaymiz.

- Jarohatini davolayotgan Sarvar Jumaniyazov taxminan 1,5 oydan so'ng maydonga qaytsa kerak", - deydi Aleksandr Ejov.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia