Aleksandr Ejov: "Futbolda vaziyatlardan foydalanish muhim"

Aslanov Jasurbek
21 iyun 2021, 15:28
Pro liganing 11-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Xorazm" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Sho'rtan"ni g'alaba bilan tabriklayman. Qiyin o'yin bo'ldi. Vaziyatlardan foydalanganimizda hisob boshqacha ko'rinishi olardi. Futbolda realizaciya muhim hisoblanadi. Undan foydalangan jamoa g'alaba qozonadi. Raqib safida yosh futbolchilar bo'lishiga qaramasdan oxirgacha kurashishdi. Oldinga intilishda davom etamiz",- deydi Ejov. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia