Aleksandr Ejov: "Futbolchilarimni birinchi ochko bilan tabriklayman"

Narzulla Saydullayev
19 sen 2020, 21:24
Pro liganing 7-turidan o'rin olgan "Zomin" - "Xorazm" (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov o'z fikrlarini bildirdi.




"O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Ikki jamoaning kuchi teng edi. Ha, hisobda oldinga chiqib olib o'yinni susaytirdik. Ketma-ket shuncha omadsizlikdan keiyn ruhan tiklanish og'ir. Ammo yigitlarni mavsumdagi dastlabki ochkoni qo'lga kiritishgani bilan tabriklayman", - deydi Ejov.

- "Zomin"ning ikkinchi goli bo'lishdan avval sizning futbolchingizga qo'pollik ishlatildi, lekin hakam buni inobatga olmagandi. Bugungi o'yinda hakamlar ishidan qoniqdingizmi?

- Hakamlarga etirozim yo'q. Ularning o'z qo'mitasi bor. Barcha xato qiladi. Shunchaki o'sha vaziyatda futbolchilarim vaziyatni oxirigacha o'ynashlari kerak edi.

- Jamoa 7-turga kelib o'zining birinchi ochkosini oldi. O'zi "Xorazm" jamoasining bosh maqsadi nima? Yil avvalida qanday bo'lgandiyu, hozir qanday?

- Mavsum boshida men bu klubda emasdim. Hozir maqsadimiz Pro ligada jon saqlab qolish. Biz har bir bahsda g'alaba uchun o'ynaymiz.

- Moliyaviy holat qanday?

- Moliyaviy holat stabil.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia