Aleksandar Mitrovich: "Bugungi kun futbolida oson o'yinning o'zi yo'q"

Omonjon To`xtamirzayev
18 sen 2023
Osiyo Chempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan "Al Hilol" - "Navbahor" uchrashuvidan avval mezbonlar hujumchisi Aleksandar Mitrovich bo'lajak o'yin haqida fikr bildirdi.

"Katta nufuzdagi musobaqani mukammal tayyorgarlik bilan boshlashni xohlaymiz. Muxlislarimiz mavsum boshidan beri bizni astoydil qo'llab-quvvatlamoqda va biz ularning ortimizda turganini his qilyapmiz. Muxlislarimizning tashrifi va qo'llab-quvvatlashi ertangi o'yinga o'z hissasini qo'shadi. Bugungi kun futbolida oson o'yinning o'zi yo'q.

Men ushbu jamoaning bir qismi bo'lganimdan xursandman va bu erdagi pozitiv muhitdan hayratdaman.

“Al Hilol” futbolchilari yuksak fazilatlarga ega, o'zimni jamoaga endigina qo'shilganimdek his qilmayapman.

Men gol urishni yaxshi ko'raman, lekin g'alabaga erishish uchun bir jamoa bo'lib harakat qilish muhimroq hisoblanadi", - dedi serbiyalik hujumchi.

Eslatib o'tamiz, "Al Hilol” – “Navbahor” o'yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia