Aleks Teysheyra Xitoy klubining yiliga 10 million evrolik taklifini rad qildi

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2016
Shaxter klubi yarim himoyachisi Aleks Teysheyraga Xitoy klublaridan biri ajoyib taklif bilan chiqqandi.

Braziliyalik futbolchiga yiliga 10 million evrolik maosh taklif qilindi, biroq Teysheyra Yevropaning top-chempionatlaridan biriga o'tishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Globo nashri.

Shaxtyor Teysheyrani 50 million evroga baholayotgani haqida xabarlar chiqqandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: globoesporte.globo.com