Aleks Teysheyra Czyansu Sunin safida dublga erishdi

Narzulla Saydullayev
6 mar 2016, 08:30
Czyansu Sunin yarim himoyachisi Aleks Teysheyra Xitoy chempionati doirasidagi Shandun Lunenga qarshi o'yinda ikkita gol urdi (3:0).

26 yoshli braziliyalik futbolchi 66 va 85-daqiqalarda gol urdi. Yana bir golga Chelsining sobiq yarim himoyachisi Ramires mualliflik qildi. Teysheyra Czyansu Sunin safidagi 3ta o'yinda Teysheyra 3ta gol urdi.

Eslatib o'tamiz, u Czyansu Suninga Shaxterdan 50 million evro evaziga ko'chib o'tgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com