

“O'tgan shanba kuni hamkasbim “Real”ga qarshi o'yindan keyin menga hujum qildi. Buning ortidan uning yaqinlariga yomonlik tilaganim haqidagi gaplar keldi. Biroq bu ayblovlarning hech biri tasdiqlanmadi. Valverde baxtsizligi uchun menga qilgan hujumini hech qanaqasiga oqlab bo'lmaydi. Ushbu voqeadan so'ng menga va oilamga o'lim bilan tahdidlar paydo bo'la boshladi. Uning bu harakati orqali oilam sababsiz zarar ko'rmoqda.
Kecha men bu haqda policiyaga xabar berdim. Adolat qaror topishi lozim. Endi mening vazifam - bor e'tiborimni ishga qaratish va klubimga o'z maqsadlariga erishishda yordam berish”, - deb yozdi futbolchi o'zining Twitter sahifasida.



