Alabaning tizzasi operaciyasi muvaffaqiyatli o'tdi

Omonjon To`xtamirzayev
20 dek 2023
Bu haqida "Real" matbuot xizmati xabar berdi.

"Real"ning avstriyalik himoyachisi David Alaba tizzasidagi xojsimon bog'lam uzilishi tufayli zarur bo'lgan jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli boshdan o'tkazdi. 

Alaba dam olish kunlari "Vilyarreal"ga qarshi bahsda jarohat olgandi. Futbolchi bu mavsum boshqa maydonga tushmaydi va katta ehtimol Evro-2024ni ham chetdan kuzatadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: realmadrid.com