

Rim klubi ivuarlikni 13 mln. evro evaziga sotishga tayyor edi, ammo BAA klubi 28 yoshli futbolchi bilan shartnoma borasida kelisha olmadi.
"Jervinoning katta talablari sababli muzokaralar to'xtab qoldi. Bunday talabli futbolchi olganimizdan ko'ra, bu variantni unutganimiz yaxshi" - deydi "Al-Jazira" rahbariyati vakili.
Ma'lumotlarga ko'ra, Jervino Abu-Dabi klubidan katta maosh, qimmatbaho uy, haydovchisiga ega mashina va shaxsiy uchuvchi bilan vertolyot talab qilgan.



