"Al Vahda" "Everton" futbolchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
21 sen 2022
Mersisayd klubi yarim himoyachisi Allan "Al-Vahda" bilan muzokaralar olib bormoqda.

31 yoshli futbolchi ushbu mavsumda hali Frenk Lempard boshchiligidagi jamoada maydonda ko'rinish bermadi. BAA Pro Ligasida transfer oynasi 4 oktyabrda yopilishini inobatga olib, "Al-Vahda" Allan bilan dedlayngacha shartnoma imzolashga umid qilmoqda.

Braziliyalik o'yinchi "Everton"ga 2020 yilda 21 mln evro evaziga jalb qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Insider