“Al Shabab”da g'alaba, Haydarovdan golli pas

Narzulla Saydullayev
26 noya 2016
BAA chempionatida 8-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turda terma jamoamiz yarim himoyachisi Aziz Haydarov to'p tepayotgan “Al Shabab” klubi safarda “Al-Nasr” mehmoni bo'ldi.

Uchrashuvning 60-daqiqasida Haydarov zaxiradan maydonga tushdi va ikki daqiqa o'tib aynan uning to'p uzatishidan so'ng Dovud Ali bahsdagi yagona golni urdi - 0:1.

“Al Shabab” jamoasi bu g'alabadan so'ng o'z ochkolari sonini 17taga etkazib oldi. Dubay klubi turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. 


BAA pro ligasi

"Al Nasr" - "Al Shabab" 0:1

Gol: Dovud Ali 62


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia