"Al Nassr"ning bugungi o'yini noqulay ob-havo sharoiti tufayli qoldirildi

Sherzod Nurmatov
5 yanv 2023
Bugun "Al Nassr" o'z maydonida "Al Tai"ni mehmon qilishi lozim edi.

Biroq kuchli yomg'ir yog'ishi oqibatida stadion eletkr taminotiga zarar etgan. Bu haqda "Al Nassr" klubi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Klub Saudiya Arabistoni chempionati 12-turi doirasidagi "Al Tai" bilan bahsni 24 soatga qoldirishgi so'rab rasmiy murojaat bilan chiqqan.

"Noqulaylik uchun muxlislardan uzr so'raymiz va hammaga xavsiz sayohat tilaymiz", – deyiladi klub bayonotida.

Eslatib o'tamiz, kuni kecha "Al Nassr" jahon yulduzlaridan biri Krishtianu Ronalduni o'z safiga qo'shib olib, uni kutib olish marosimini "Mrsul-park" stadionid juda katta masshtabda o'tkazgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcalnassr.com