"Al Nassr" to'purari Taliska ham bir oyga safdan chiqdi

Administrator
23 fev 2023, 23:39
Bu haqida klub rasman ma'lum qildi.

"Al Nassr" klubi futbolchisi Anderson Taliska jarohat oldi. Bu haqida klub rasman ma'lum qildi. Taliska chap oyog'ining orqa mushaklarini shikastlab olgan. Uning safga qaytishi uchun 3-4 hafta kerak bo'ladi. Futbolchi Braziliyaga qaytib, aynan u yerda tiklanish jarayonini o'tkazadi. 

Ma'lumot uchun, yaqindagina “Al Nassr” himoyachisi Piti Martines ham chap tizzasidan jarohat olib, 6-8 oyoga safdan chiqqandi.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/AlNassrFC_EN