"Al Nassr": Saudiya Arabistoni ligasini Xitoy chempionati taqdiri kutmayapti

Alisher
12 fev 2025
"Al Nassr" tijorat direktori Jordi Dyurante Saudiya Arabistoni ligasi uzoq muddatli loyiha ekani va uni Xitoy chempionati taqdiri kutmayotganini aytdi.

"Yulduz futbolchilar Xitoy chempionatidagidek Saudiya Arabistoni ligasidan ham ketishi mumkinmi? Bu umuman boshqa holat. Saudiya Arabistonining futbolga bo'lgan ishtiyoqi juda kuchli: shuningdek Saudiya Arabistonida 2034 yilgi Jahon chempionati bo'lib o'tadi, shunday ekan, bu uzoq muddatli loyiha", - dedi Dyurante.

FIFA 2024 yilning 11 dekabrida JCH-2034 Saudiya Arabistonining beshta shahridagi 15ta stadionda o'tishini e'lon qilgandi: Ar Riyod, Jidda, Abxa, Al Xubar va Neom (mamlakat shimoli-g'arbidagi hali hali qurilmagan shahar.


AlisherMuallif
Manba: РБ Спорт