"Al Nassr" Mourinyuni dunyoning eng ko'p maosh oladigan murabbiyiga aylantirishga tayyor (AS)

Administrator
12 apr 2023, 19:40
"Roma" ustoziga Saudiya Arabistonidan super taklif berilishi mumkin.

AS nashrining xabar berishicha, Saudiya Arabistoning "Al Nassr" klubi Joze Mourinyuga fantastik summadagi shartnoma taklif qilishga tayyor. "Al Nassr" "Roma" ustoziga ikki mavsum uchun 100 mln evro to'lamoqchi. Bu esa Joze Mourinyuni dunyoning eng ko'p haq to'lanadigan murabbiyiga aylantiradi. 

Avvalroq, Saudiya Arabistoni klubi hozirgi murabbiy Rudi Garsiyaning faoliyatidan qoniqmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Jozu Mourinyu esa avvalroq mavsum oxiriga qadar "Roma"da qolishini ma'lum qilgandi. Murabbiyning oldida jamoani YCHLga olib chiqish va Yevropa Ligasini yutish vazifasi qo'yilgan. 


AdministratorMuallif
Manba: AS

O'xshash yangiliklar