"Al Nassr" Kante bilan shartnoma imzolamoqchi

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2023
Ngolo Kante Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to'p tepishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, yarim himoyachi "Chelsi"da qolmoqchi, ammo yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar hech yakunlovchi pallaga o'tmayapti, mart oyidan beri o'zgarish yo'q.

Saudiya Arabistonining ikki klubi ("Al Ittihod" va "Al Nassr") vaziyatdan unumli foydalanib qolmoqchi. Ular Londonga o'z vakillarini jo'natishni reja qilishmoqda.

Kante yakunlangan mavsumda APLning 7ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano