"Al Nassr" bosh direktori: "Klubni Ronaldu boshqarmayapti"

Omonjon To`xtamirzayev
19 sen 2024
Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi bosh direktori Gvido Finga jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning klubga ta’siri haqida gapirdi.

"Krishtianu Ronaldu - bizning yetakchimiz. Ishoning, u nafaqat texnik jihatdan, balki o'zini tutish borasida ham dunyoning eng yaxshi futbolchisi.

Krishtianu Ronaldu klubni boshqarmayapti. U dunyoning birinchi raqamli o'yinchisi. Krishtianu biz qaysi yo'nalishda harakatlanishimiz kerakligini tushunib turibdi va biz o'z oldimizga maqsad qo'yganmiz hamda unga erishmoqchimiz. U faqat g'olib bo'lishga o'rgangan inson va undan bizga ham buni o'rgatishni so'rayapmiz. Krishtianu jamoaning bir qismi va u biz bilan ekanligidan juda mamnunmiz", - dedi Gvido Finga.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: asharq.com