"Al Nasr" "Everton" futbolchisi bilan kelishuvga erishdi

Alisher
30 yanv 2021
"Everton" hujumchisi Bernard "Al Nasr"ga o'tishga yaqin.

Bu haqda eng ishonchli insayderlarni taqdim etadigan jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

BAA klubi 28 yoshli braziliyalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi, transfer shartlari bo'yicha muzokaralar yakuniy bosqichda.

Bernard joriy mavsum "Everton" safida 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano